Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari xalqaro seminarda ishtirok etdilar

  23-27 yanvar kunlari Gomel davlat tibbiyot universitetida (Gomel sh., Belarus Respublikasi) “Akusher-ginekolog maktabi. Akusherlikdagi favqulodda vaziyatlar yoki nima uchun akusher-ginekolog va anesteziolog-reanimatolog doimiy hamkorlikda” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi. Seminarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari Shuhrat Valiev va Sanjar Rafikovlar ishtirok etdilar.

  Seminar davomida ishtirokchilar uchun Belarus Respublikasining taniqli anesteziolog-reanimatologlari va akusher-ginekologlari ishtirokida maʼruzalar va mahorat darslari, universitetning klinik bazalari bilan tanishuvlar oʻtkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatlarini Gomel davlat tibbiyot universiteti rektori Igor Stoma qabul qildi. Shuningdek, tashrif davomida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish, talabalar va oʻqituvchilar uchun akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qilish rejalari muhokama qilindi.



SamDTU matbuot xizmati