Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Kitobxonlik — buyuk kelajak kafolati!

  Aynan shu mavzuda talaba-yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi va farmatsiya fakulteti tomonidan 1-son TTJda “Kitobxonlik — buyuk kelajak kafolati” mavzusida viktorina tashkil etildi.

  Viktorina ishtirokchilarning kitob mutolaasi, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, adiblari va asarlarini bilish darajasi sinovdan oʻtkazildi. Kitob umr yoʻllarini yorituvchi, inson hayotini mazmunga baxsh etuvchi saodat manbai, maʼnaviy kamolotni taʼminlashda kuchli qudratga ega vosita ekanligi barcha ishtirokchilar tomonidan viktorina jarayonida taʼkidlandi. Tadbir bahs munozalarga boy boʻlib qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi, yakuni boʻyicha gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati