Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talabalarga implantologiya boʻyicha amaliy “master-klass” oʻtkazildi

  22-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Ogʻiz boʻshligʻi jarrohligi va dental implantologiya” kafedrasida talabalar “master-klass” tashkil etildi. Talabalar oʻzlarining maʼruzalar orqali olgan bilimlarini amaliy jihatdan sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Vrach-implantolog Ulugʻbek Nuritdinov talabalarga suyak tiplarini hamda implant ekish bosqichlarini koʻrsatib oʻtdi. Shundan soʻng har bir talaba pastki jagʻ mulyajlari va suyak tiplarini aniqlaydigan model va implant oʻrnatuvchi uskunalar yordamida dental implantlarni oʻrnatish jarayonini shaxsan amalga oshirdi.

  Tashkil etilgan amaliy dars talabalar uchun olgan nazariy bilimlarni mustahkamlash va kelajakda yaxshi mutaxassislar boʻlishga xizmat qiladi.



SamDTU matbuot xizmati