Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Vatanparvarlik oyligi” doirasida tashrif amalga oshirildi

  2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-yanvargacha respublikamizda “Vatanparvarlik oyligi” oʻtkazilmoqda.

  Shu munosabat bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga tashrif buyurishdilar. 1-son davolash fakulteti dekani Gʻ.U.Lutfullayev boshchiligidagi tyutorlar va talabalar tayyorlov markazidagi shart-sharoitlar va oʻquv mashgʻulotlari bilan tanishdilar, shuningdek Markaz faoliyati haqida nazariy maʼlumotlarga ega boʻldilar.

  Tashrif talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish va vatanparvarlik hissini oshirishga xizmat qiladi.


SamDTU matbuot xizmati