Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    SamDTU ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida rossiyalik mutaxassis ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi

      14-dekar kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida “Bolalarda yo‘g‘on ichak kasalliklarini pediatrik va xirurgik aspektlari” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitetning pediatriya, neonatologiya kafedralari mudirlari, shaxar davolash-profilaktika muassasalari pediatorlari, neonatologlar, nevrologlar va bolalar xirurglari bevosita, tumanlardagi mutaxassislar onlayn tarzda ishtirok etishdi.

      Davra suhbatini SamDTUning ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida rahbari t.f.d., professor Jamshid Shamsiev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Davra suhbatida Rossiya Federatsiyasi Prezidentini ma’muriyati xuzuridagi markaziy klinik shifoxonasining bolalar xirurgiyasi ilmiy raxbari, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining diplomdan keyingi ta’lim akademiyasining S.Ya.Doleskiy nomidagi bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘satgan ixtirochi, t.f.d. Igor Kirgizov tomonidan “Pediatriyada parenteral va enteral ovqatlantirish, og‘ir va zaiflashgan bemorlarni ovg‘atlanish xususiyatlari” bo‘yicha master-klass o‘tqazildi. Mahorat darsida mavzuga doir eng so‘nggi ma’lumotlar va davolash usullari bo‘yicha ma’lumotlar batafsil yoritildi.

      Davra suhbati jonli muloqot shaklida o‘tib, barcha ishtirokchilar berilgan savollariga ilmiy asoslangan javoblarni oldilar.


    SamDTU matbuot xizmati