Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU vakillari harbiy qism bayramida ishtirok etdilar

  10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasining qabul qilingan kun sifatida mamlakatimizda nishonlanib keladi. Sana munosabati bilan Markaziy xarbiy okrugi “Madaniyat va maʼrifat markazi”da bayram tadbiri oʻtkazildi.

  “Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida boʻlib oʻtgan madaniy-maʼrifiy tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari ham qatnashdilar.

  Bayramona uchrashuvda davlat madhiyasining yaratilish tarixi, qabul qilinishi, madhiyaning davlat suverenitetining bir belgisi ekanligi xususida soʻz yuritildi. Harbiylarni tantanavor saf tortishlari hamda Davlat madhiyasini mohirona ijro etishlari esa barcha tadbir ishtirokchilarida gʻurur va iftixor bagʻishladi.




SamDTU matbuot xizmati