Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SamDTU RTTM xodimlari chet elda malaka oshirishmoqda

  Indoneziyaning Denpasar shahrida "Ruijie Networks" tomonidan tashkillashtirilgan "Building a Green and Sustainable Smart Campus Network" mavzusidagi Xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda.

  Xalqaro konferensiyada Xitoy, Indoneziya, Fillippin, Tailand, Malayziya, Dubay, Turkiya, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlardan yetakchi mutaxassislar milliy tajribalari bilan qatnashishmoqda. Mazkur 3-kun davom etadigan konferensiyada Samarqand davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi xodimlari qatnashmoqdalar va Universitetda ta'lim tizimini raqamlashtirishda yangi ilg'or texnologiyalarni joriy etish bo'yicha malakasini oshirishmoqda.

  Konferensiya davomida SamDTU "Ruijie Networks"ning Esdalik nishoni bilan taqdirlandi.