Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning eʼtibori va mehridan chetda qolmaydi

  3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi vakillari “Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning eʼtibori va mehridan chetda qolmaydi!” shiori ostida uyda yakka tartibda taʼlim oluvchi oʻquvchilar holidan xabar olish maqsadida Urgut tumanida boʻldilar.

  Universitet vakillari Urgut tumani Bogʻishamol mahallasida yashovchi bir guruh 123-son umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, Navbogʻ mahallasida yashovchi bir guruh 142-son umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari xonadonlariga boʻldilar. Doʻstona suhbat davomida oʻquvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi orzu-umidlari va maqsadlari haqida gaplashishdi. Shuningdek, oʻquv qurollari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovgʻalar topshirildi.







SamDTU Matbuot xizmati