Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Bemor bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

  Joriy yilning 2 dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti jamoasi hamda talabalari tomonidan Samarqand viloyati onkologik dispanser bolalar boʻlimiga hamda Samarqand viloyat bolalar uyiga xayriya bayram tadbiri tashkil etildi.

  Tadbir doirasida shifoxonada davolanayotgan bolalar hamda muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari uchun sovgʻa-salomlar, shirinliklar tarqatilib, talabalar tomonidan tabrik soʻzlari yangradi. Jajji qalb sohibi-yu sohibalari esa oʻzlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan benihoya mamnun boʻldilar. Oʻtkazilgan uchrashuvdan maqsad, shifoxonada davolanayotgan va bolalar uyidagi bolalarning ertangi kuniga boʻlgan ishonchini oshirish, ularning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari sari intilishini kuchaytirishga koʻmaklashishdan iborat.

  Shuningdek, tashrif davomida boʻlimda yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning jihozlanishi, davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlari, ovqatlanish rejimi jarayonlari bilan tanishtirdi.


SamDTU matbuot xizmati