Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda

  1-dekabr sanasi butunjahon OITS kasalligiga qarshi kurashish kuni hisoblanadi. Bugungi kunda OITSinfeksiyasi tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri hisoblanib, epidemiya boshlangandan buyon 75 milliondan ortiq kishi ushbu kasallikka chalingan. Bugungi kunda kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
  Ushbu sana munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham qator tadbirlar, davra suhbatlari hamda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ichki kassaliklari kafedrasi tomonidan Samarqand viloyatidagi bir qancha tibbiyot texnikumlari hamda SamDTU akademik litseylarida “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida davra suhbatlari hamda qiziqarli tarzda interaktiv oʻyinlar tashkil etildi. Suhbatlar davomida OITS infeksiyasi haqida, uning yuqish omillari, alomat va asoratlari, shuningdek, kasallikdan himoyalanish chora tadbirlari haqida ham aytib oʻtildi. Yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.



SamDTU Matbuot xizmati