×
Menu
Close Menu

SamDTU 1-bosqich talabalarining “Talabalikka bagʻishlov qasamyodi” tantanalari

  24 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bagʻishlov qasamyodi” tadbiri yoshi ulugʻ teatrlardan biri — Samarqand viloyati musiqali drama teatrida oʻtkazildi. Tantanalarda universitet maʼmuriyati, xizmat koʻrsatgan ustoz-murabbiylar va barcha fakultetlarni 1 kurs talabalari ishtirok etdilar.

  Tadbirni Universitet rektori, professor Jasur Alimdjanovich Rizayev tabrik soʻzi bilan ochib berib, oq xalat – bu fikrlar va ishlar pokligi, yuksak ishonch va ajralmas najot ramzidir deb soʻzini yakunladi.

  2022-2023 oʻquv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga 1800 nafardan ortiq 1-bosqich talabalari oʻqishga qabul qilingan. Tadbirda tibbiyot oliygohining talabalik qasamyodini qabul qilgan talabalar uchun universitetda zamon talablariga mos ravishda yaratilgan shart-sharoitlardan toʻgʻri foydalangan holda ustozlaringizning ortidan izdosh boʻlib, kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib shakllanishlariga ishonch bildirildi.

  Tantanali tadbir davomida viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Samarqandga marhabo” vokal-simfonik teatrlashtirilgan kompozitsiya va “Bir oʻlib koʻray-chi!” spektakli haqiqiy bayram kayfiyatini olib keldi.




SamDTU matbuot xizmati