Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv

  Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirish, ularni mutaxassisligi boʻyicha ishga kirishlariga koʻmaklashish ustuvor vazifa hisoblanadi.

  23-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti bitiruvchilari bilan shu masalalarga bagʻishlangan suhbat oʻtkazildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbar oʻrinbosari Aziz Ibragimov Davlat fuqarolik xizmatlari vakant lavozimlarining yagona ochiq portallari “vacancy.argos.uz” hamda “test.argos.uz” faoliyati haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Bu saytlar orqali ish topish hamda undagi kerakli sohani tezkor va oson hamda inson omili aralashmay ish bilan taʼminlashi borasida kerakli tavsiyalar berildi.

  Uchrashuv davomida talabalarning barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.




SamDTU matbuot xizmati