Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Kiberjinoyatchilik va xotin qizlarni tazyiq hamda zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha seminar

      Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Kiberjinoyatchilik va xotin-qizlarni tazyiq hamda zoʻravonlikdan himoya qilish” mavzusida tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti talabalari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

      Tadbirda soʻzga chiqqan Samarqand viloyat IIB xodimlari A.Yuldoshev, Sh.Jabbarov, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva xamda profilaktik inspektor X.O.Eshmuradovlar bugungi kunda avj olib borayotgan kiberjinoyatchilik, kiberxavfsizlik va uning mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish, yolgʻon xabarlarga ishonib aldanib qolmaslik, oʻz shaxsiy maʼlumotlarini norasmiy saytlarga kiritmaslik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlari, zoʻravonlik turlari, ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berdilar.

      Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.



    SamDTU matbuot xizmati