Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet xorijlik talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  5-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda xalqaro taʼlim fakulteti talabalari, dekanat xodimlari, tyutorlar, kompaniya vakillari ishtirok etdilar.

  Chiqish qilgan xalqaro taʼlim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabov, universitet rektori maslahatchisi Elyorbek Aripov, profilaktika noziri Otajon Eshmuradovlar talabalarning tartib-intizomga rioya qilish, yaxshi oʻqish, barcha yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqirdilar. Maʼruzachilar oʻqish jarayoniga boʻlgan munosabat, davomat va yotoqxonalardagi tartib-intizom boʻyicha alohida toʻxtalib talabalarni barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi.

  Universitetning anatomiya kafedrasi oʻqituvchisi, Pokiston fuqarosi Dr Kalim Raza talabalarni oʻqishini yanada yaxshilash boʻyicha ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdi.



SamDTU matbuot xizmati