Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Ijarada yashaydigan talabalar holidan xabar olindi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetini farmatsiya fakulteti dekani N.M.Shavazi, yoshlar bilan ishlar, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi bosh mutaxassisi S.Muxitdinov, dekan oʻrinbosarlari va tyutorlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari fakultetni ijarada yashaydigan talabalar ahvolidan xabar oldilar.

  Ijarada yashayotgan universitet talabalari holidan 1-son davolash fakulteti dekani G.U.Lutfullaev va pediatriya fakulteti dekani S.A.Karabaevlar ham xabar oldilar. Ishchi guruhlar tomonidan ijarada yashayotgan talabalar xonalaridagi isitish tizimi, ovqat tayyorlash xonasi va yuvinish xonalarini koʻzdan kechirdilar.

  Talabalar va uy egalari bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda tegishli koʻrsatmalar va tavsiyalar berildi.


SamDTU matbuot xizmati