Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​IT-dasturlash va Start-up loyihalarini joriy qilish boʻyicha uslubiy seminar

      Samarqand davlat tibbiyot universitetida IT-dasturlash, dizayn va Start up loyihalarini joriy qilish sohasida oʻzini rivojlantirishning istiqbolli imkoniyatlariga bagʻishlangan uslubiy seminar boʻlib oʻtdi.

      Tadbirni “Next Generation” kompaniyasi asoschisi Mirzayev Xayot olib bordi.

      Seminar davomida tinglovchilarga sunʼiy intellekt va uning tibbiyotda qoʻllanilishi, bugungi kunda IT-texnologiyalar muhimligi, tibbiyot sohasidagi Start-up loyihalari va ularni amalga oshirish yoʻllari bilan bogʻliq asosiy jihatlar koʻrib chiqildi.

      Seminar davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berish va ularga professional javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.



    SamDTU matbuot xizmati