Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Rektorni universitet iqtidorli talaba-yoshlar bilan uchrashuvi

  14-oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori professor Jasur Alimjanovich Rizayevni bir guruh faol iqtidorli talaba-yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

  Universitet rektori talabalarga Prezidentimizning yoshlar haqida bildirgan fikrlari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, universitetda ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil gapirib berdi, talaba-yoshlarni ilmiy va jamoat ishlarida faollikka chaqirdi. Universitet rektori talaba-yoshlarni har qanday tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashini alohida taʼkidlab oʻtdi.

  Uchrashuvda oʻzini namunali oʻqishi, ilmiy va jamoat ishlarida tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan 75 nafar talabaga joriy qilingan “Rektor stipendiyasi” sertifikatlari Universitet rektori tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

  Soʻzga chiqqan talabalar yaratilayotgan imkoniyatlar va bildirilgan ishonch uchun Universitet rektoriga oʻz minnatdorchiliklarini bildirib oʻtdilar.



SamDTU matbuot xizmati