Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Davolash fakulteti birinchi kurs talabalari bilan uchrashuv

  2022-yil 11 oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan fakultet dekani uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda dekanat xodimlari, rektor maslahatchisi E.Aripov, universitet profilaktika noziri O.Eshmurodov va psixolog D. Djoʻraevalar qatnashdilar.

  Uchrashuvni fakultet dekani Gʻ.U.Lutfullaev tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Soʻzga chiqqanlar talabalarga oʻqish jarayoni, odob-axloq, kiyinish madaniyati, universitetda tashkil qilingan barcha shart-sharoitlar boʻyicha tushunchalar berdilar.

  Uchrashuv ochiq muloqot tarzda olib borildi, talabalarni barcha qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.



SamDTU matbuot xizmati