Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ustozlar ilm bogʻining bogʻbonlari

  30-sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi faollari tomonidan mamlakatimizdagi qutlugʻ sana – “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram arafasida koʻp yillar universitetimizda fidoiylik bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faxriy ustozlar ishtirokida “Ustozlar — ilm bogʻining bogʻbonlari!” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

  Tadbir tashkilotchilari va faxriy ustozlar tomonidan oxirgi yillarda mamlakatimizda roʻy berayotgan beqiyos oʻzgarishlar, oʻqituvchi va murabbiylarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrliklar hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar, universitetimizdagi yutuqlar, kafedralarda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan toʻgʻri foydalanish zarurligi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi, yosh avlodga nasihatlar va tavsiyalar берилди.

  Uchrashuvlar yakunida bilim va barcha kuchlarini shogirdlariga baxshida qilib, safimizda samarali mehnat qilib oʻrnak boʻlib kelayotgan faxriy ustozlarimiz bayram munosabati muborakbod etildilar!


SamDTU matbuot xizmati