Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet 1977 yil bitiruvchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  2022-yilning 24-sentyabri Samarqand davlat tibbiyot universitetida 1977-yil pediatriya va davolash fakultetlarini bitiruvchilarini 45-yillik uchrashuv boʻlib oʻtdi.

  Koʻp yillardan beri oʻtkazilayotgan ushbu uchrashuv tadbiri universitet uchun oʻziga xos bir bayram, yubiley darajasiga koʻtarilgan. Erta tongdan universitet bosh binosida mehmonlarni kutib olish jarayoni hamda faollar zalida uchrashuvning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

  Ochilishida SamDTU oʻquv ishlar prorektori dos.N.A.Yarmuxamedova, ilmiy ishlar prorektor t.f.d.Sh.X.Ziyadullaev, tibbiy biofizika kafedrasi dotsenti N.O.Sodikov soʻzga chiqib, tashrif buyurganlarni tabriklab, mazkur uchrashuv tadbirining tarixi, uning ahamiyati va Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha maʼlumotlar berdilar.

  Mehmonlar Universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi oʻquv binolari, laboratoriya hamda maʼruza zallari bilan yaqindan tanishib, oʻquv jarayonlari haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldilar.

  Uchrashuv mehmonlari — 1977-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya va davolash fakultetlarini bitirgan vrachlar oʻzlarining xotiralari bilan bir qatorda taassurotlari hamda fikr-mulohazalarini oʻrtoqlashdilar. Rektor J.A.Rizayev rahbarligida universitetda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlarni ijobiy baholab, oʻzlarining samimiy tabriklarini yoʻllagan holda jonajon oliygohlariga yangi zafarlar va omadlar tiladilar.





SamDTU matbuot xizmati