Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​2 sentyabr — Birinchi Prezident xotirasi kuni

Bugun – 2 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar Samarqand shahrida oʻtkazildi.

  Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida viloyat faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov qabrini ziyorat qildilar, Qurʼon tilovat qilindi. Islom Karimovning davlatimiz oldidagi buyuk xizmatlari, Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.

  Registon maydoni yaqinida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoʻyildi, hurmat bajo keltirildi.

  Xotira tadbirlarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻquvchilari faol ishtirok etdilar.




SamDTU matbuot xizmati