Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari “Sazagan” harbiy dala-oʻquv poligonida boʻldilar

  Yozgi taʼtil davomida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ular oʻrtasida vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish va milliy armiyamizning kuch-qudrati va salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetini bir guruh talabalari, oʻqituvchilari va tyutorlari Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Sazagan” harbiy dala-oʻquv poligoniga tashrifi amalga oshirildi.

  Mazkur poligonda universitet vakillari yaqin vaqtlarda boʻlib oʻtadigan “ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlarini “Xavfsiz muhit” yoʻnalishi boʻyicha tayyorgarlik jarayonini koʻzdan kechirdilar. Talabalar dala mashgʻuloti jarayonlari, harbiy-dala tibbiyoti amaliyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  “Sazagan” harbiy dala-oʻquv poligoniga amalga oshirilgan tashrif talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish barobarida ularda Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat hissini yanada oshirishga xizmat qilishi aniq.


SamDTU matbuot xizmati