Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Bir kun janjal boʻlgan uydan qirq kun baraka koʻtariladi

  Qoraqalpoq xalqi koʻngli toza, samimiy va qadimiy xalqlardan hisoblanadi. Oʻzbek xalqi bilan qonu-qarindosh, ogʻa-inidir. Azaldan xalqimizning, bozorimiz ham bir, mozorimiz ham bir, — degan gapi oʻzbek va qoraqalpoq xalqlariga tegishlidir. Mening uchun ham Qoraqalpoq zamini- ona tuprogʻim, Qoraqalpoq eli esa qondosh elim hisoblanadi. Qarindoshlardan ham yaqinroq doʻstlarim, qondosh opa-singillar, aka -ukalardek yaqin qarindoshlarim shu zaminda tugʻilib voyaga yetishgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida sodir etilgan noxush voqealardan chuqur qaygʻuga tushdim, bu holat barcha xalqimiz singari mening ham yuragimni chuqur larzaga keltirdi. Xali hamon koʻnglimni biron narsa kemirayotgandek...

  Bugun, Qoraqalpogʻiston Respublikasini barcha jabhalarda jadal rivojlanayotgani koʻz oʻngimizda yaqqol koʻrinib turibdi. Bu yerda oʻnlab yangi korxonalar ishga tushirildi. Bolalar bogʻchalari, maktablar, oliygohlar, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirildi. Yurtimizdagi islohotlar Qoraqalpogʻistonda yaqqolroq boʻy koʻrsatyapti.

  Respublikada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar qatorida tibbiyotda ham sezilarli oʻzgarishlar boʻlayotgani, 5-10 yil avval hattoki hayolimizga ham kelmagan murakkab jarrohlik amaliyotlari Qoraqalpogʻistonlik hamkasblarimizning kunlik tibbiyot amaliyotiga kirib kelgani islohotlarimizning yaqqol natijasidir. Boʻlib oʻtgan voqealarni Respublika rivojiga, islohotlarimiz samarasiga va xalqlarimiz tinchligiga tahdid , deb hisoblayman.

  Bu voqealar, ikki qardosh xalqlarning oʻrtasidagi doʻstlikka taʼsir etmasligiga va xalqlarimiz salomatligi yoʻlida boshlagan ishlarimizni birgalikda davom ettirishimizga ishonaman.


Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev