Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Start-up loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

  2022-yil 22-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti inkubatsiya markazida Start-up loyihalarni amalga oshirishning umumiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari va usullarini oʻrganish boʻyicha birinchi seminar boʻlib oʻtdi!

  IT-park vakili Toshboyev Bobomurod ishtirokchilarga start-up loyihalarning umumiy konsepsiyasi va ularni kelgusida amalga oshirish yoʻllari haqida batafsil maʼlumotlarni berdi.

  Shuningdek, seminarda innovatsion gʻoyalarga ega boʻlgan talabalarga oʻz loyihalarini taqdim etish, maʼruzachilar bilan muhokama qilish va oʻz gʻoyalarini kengaytirish boʻyicha IT-park vakillaridan maslahatlar olish imkoniyati berildi.

  Barcha maʼruzachilarga sertifikatlar topshirildi, IT-parkda oʻqishga 50% chegirma boʻlgan bosh mukofot esa pediatriya fakulteti talabasi Rasulov Xikmatulloga taqdim qilindi.



SamDTU matbuot xizmati