Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU ochiq dars oʻtkazildi

  Joriy yilning 14-aprel kuni SamDTU 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida 5-bosqich davolash ishi fakulteti talabalari ishtirokida akusher ginekologiya kafedrasi tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

  “Bachadondan anomal kon ketishlar” mavzusida boʻlib oʻtgan ochiq darsda boʻlajak tibbiy kadrlarga bilim -koʻnikma hamda tushunchalar berib oʻtildi.

  Kasallik rivojlanayotgan organizmda salbiy taʼsirlarning boʻlishi bilan bogʻliq, asosan oʻtkir va surunkali infeksion kasalliklar va intoksikatsiyalar, (angina, surunkali tonzillit, gripp, revmatizm, pnevmoniya), turmush sharoiti, notoʻgʻri ovqatlanish (gipovitaminozlar), fizik va asabning zoʻriqishi, koʻngilsiz voqealar — doimiy psixik jarohatlar, charchash hollari, qoʻrquv, choʻchish, bir paytning oʻzida psixik oʻzgarishlar, yurak, oʻpka va boshqa aʼzolarning patologik holatlari sabab boʻlishi mumkin.

  Turli kasalliklar va zararli taʼsirlar organizmning adaptatsion holatlarini pasaytirishi, jinsiy aʼzolarning faoliyatini buzilishini, shuningdek gormonal balans va endometriy holatini oʻzgartirishiga olib keladi. Bunda endogen va ekzogen omillar ontogenez davrida gipotalamus hujayralarining retseptor faoliyatiga taʼsir etishiga koʻra uning markazining taʼsirchanligi oshadi. Gipotalamus bu holda gipofizga toʻliq taʼsir koʻrsata olmaydi, gonadotrop gormoni kam ajraladi. Bu oʻz navbatida tuxumdonda follikullar yetilishiga taʼsir etib, anovulyatsiyani yuzaga keltiradi. Yuvenil qon ketishida anovulyatsiyaning oʻziga xos turi, follikullar atreziyasi (yorilmay qolishi) yoki kistaga aylanib qolishi kuzatilishi to'g'risida ma'lumotlar berildi.

  Oʻtkazilgan darsdan maqsad talabalar bilimini baholash hamda ularga mavzu yuzasidan chuqurlashtirilgan ma'lumot berishdan iborat. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.




SamDTU matbuot xizmati