Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​SamDTU yuqori kurs talabalari bilan ochiq darslar oʻtkazildi

  Joriy yilning 26-aprel kuni SamDTU 4-bosqich davolash ishi fakulteti talabalari ishtirokida akusher ginekologiya kafedrasi tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

  “Homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmidagi qon ketishlar” mavzusida boʻlib oʻtgan ochiq darsda boʻlajak tibbiy kadrlarga bilim -koʻnikma hamda tushunchalar berib oʻtildi.

  Koʻpgina homilador ayollarda homiladorlik boshlanishi bilan yaʼni birinchi trimestr davomida qon ketishi va qonli dogʻlar kuzatiladi.Tibbiy jihatdan uni baholash juda muhim ahamiyatga ega. Shifokorlar birinchi uch oylikda qon ketish sabablarini turli tahlil va tekshiruvlar natijasida aniqlashlari mumkin. Ular homiladorlikda qon ketish sababini aniqlaganlaridan soʻng davolash va buni boshqarish yoʻllarini ishlab chiqishadi.

  Shuningdek, 28-aprel sanasida kasbiy taʼlim fakulteti 5-bosqich talabalariga ham AMK bachadondan anomal qon ketishi mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan darsdan maqsad talabalar bilimini baholash hamda ularga mavzu yuzasidan chuqurlashtirilgan maʼlumot berishdan iborat. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.




SamDTU matbuot xizmati