Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU teatr-studiyasi “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovi gʻolibi

  2022 yil 2-iyun kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng faol talabalar teatr-studiyalari” III-mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

  Mazkur tanlovda, oldinroq mintaqaviy bosqichda gʻalaba qozonib Urganchga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Samarqand davlat tibbiyot universitetini “Ibn Sino izdoshlari” teatr-studiyasi jamoasi ishtirok etdi. Universitet talabalari tomonidan taqdim qilingan “Renessans” nomli tarixiy dramasi barcha ishtirokchilar tomonidan iliq qabul qilindi.

  Tanlovni yakuni boʻyicha SamDTU teatr-studiyasi “Milliy anʼana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun!” nominatsiyasi gʻolibi sifatida eʼtirof etildi va diplom bilan taqdirlandi.

  Universitet teatr-studiyasi jamoasini ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz!



SamDTU matbuot xizmati