Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi

  “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqand viloyat koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida oʻtkazilgan bayram va xayriya tadbirida Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar kengashi aʼzolari hamda “Qizlarjon” klubi faollari ham ishtirok etdilar.

  Tadbirda soʻz olgan xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva sogʻlom avlod kelajagimiz poydevori ekanligi, bolajonlarimizning salomatligini mustahkamlash yoʻlida yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Universitetda olim va olimalarining bu sohada qoʻshayotgan xossalari toʻgʻrisida fikrlar bildirgan holda bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Qizlarjon klubi faollari oʻz dasturlari bilan chiqishlar qilib bolajonlar qalbiga quvonch baxsh etishdi.

  SamDTU 1-son otorinolaringologiya kafedrasi mudiri N.J.Xushvakova boshchiligida kafedra aʼzolari “Bolalar asab kasalliklari” boʻlimiga yosh bemorlarni sogʻlomlashtirish uchun trenajyor uskunasi sovgʻa qilindi.

  Bolajonlarga bayram sovgʻalari tarqatilishi va tashkillashtirilgan konsert dasturi bolalarga haqiqiy bayram kayfiyatini olib keldi.





SamDTU matbuot xizmati