Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovining “Rektor Kubogi” uchun turniri oʻtkazildi

  Joriy yilning 30-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovining fakultetlar oʻrtasida “Rektor Kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

  SamDTU maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va yoshlar bilan ishlash boʻyicha birinchi prorektor E.S.Tangirov ochilishida soʻzga chiqib talabalar tashabbuskor, ijtimoiy faol, doʻstlik va hamjihatlikni toʻgʻri tushunadigan insonlar sifatida shakllanishlari uchun QVZni roli va ahamiyatini taʼkidladi.

  Talabalarning yorqin va mohirona tayyorlangan chiqishlari ishtirokchilar va tomoshabinlarni guldurosli qarsaklariga sazovor boʻldi. Murakkab kechgan musobaqalardan yakunida, oldingi bosqichda eng koʻp ballar toʻplagan Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetning “Med Life” va Pediatriya fakultetning “Mediator” jamoalari oʻrtasida hazillar biatlongi oʻtkazildi va natijalarga koʻra:

1-oʻrin – Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetning “Med Life” jamoasiga nasib etib, gʻoliblarga Kubok, Diplom va 3 500 000 soʻm pul mukofoti berildi;

2-oʻrin — Pediatriya fakultetining “Mediator” jamoasiga jamoasiga nasib etib, gʻoliblarga Diplom va 2 500 000 soʻm pul mukofoti berildi;

3-oʻrin — 1-son Davolash fakultetining “NB” jamoasiga berilib ular Diplom va 1 200 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

  Bundan tashqari 2 ta nominatsiya: “Eng quvnoq yigit” nominatsiyasi va 1 000 000 soʻm pul mukofoti bilan 1-son davolash fakulteti talabasi Sobirov Anvar; “Eng quvnoq qiz” nominatsiyasi va 1 000 000 soʻm pul mukofoti bilan Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti talabasi Xudoyqulova Nargiza taqdirlandilar.

  Musobaqa tashkilotchilarining taʼkidlashganidek, QVZ oʻyinlarida gʻolib va magʻlub boʻlmaydi, muhimi ishtirok. Universitetda QVZ turnirlari muntazam ravishda davom etiladi.




SamDTU matbuot xizmati