Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SamDTUda yangi "Og’iz bo’shlig’i jarroxligi va dental implantologiya" kafedrasini ochilishi o'tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyatini tashabbusi bilan “Og’iz bo’shlig’i jarroxligi va dental implantologiya ” kafedrasi kapital qayta qurishdan chiqarildi va 28-may kuni mazkur kafedrasi tantanali ochilishi bo’lib o’tdi.

  Yangilangan kafedrani tantanali ochilishida Universitet rektori Jasur Rizaev nutq so’zlab, kafedralar moddiy-texnik ta’minotini kuchaytirish va o‘quv jarayonni sifat darajasini doimiy ravishda yuksaltirish, talabalar va professor-o’qituvchilar samarali faoliyat yuritishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish eng ustuvor vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi. So‘z olgan kafedra xodimlari va talabalar universitet rahbariyatiga yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

  Ta’kidlash lozim, kapital ta’mirlashdan so’ng kafedra binosi zamonaviy ko’rinishga keldi. Kafedra binosi o’quv-klinik bazaga aylantirildi. Kafedrada 5 ta davolash xonasi, rentgen xonasi, 7 o’quv xonasi, 48 kishiga mo’ljallangan ma’ruza xonalari tashkil etildi. Davolash xonalari esa eng oxirgi modeldagi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jixozlandi.



SamDTU matbuot xizmati