Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU “Ibn Sino izdoshlari” teatr studiyasi hududiy bosqichini gʻolibi boʻldi

  2022-yil 26-may kuni “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan 2-hududiy bosqich natijalariga Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalarini “Ibn Sino izdoshlari” teatr studiyasi “Renessans” nomli musiqiy-kompozitsiyali spektakli bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 1-oʻrinni egalladi. Natijada teatr jamoamiz joriy yilni 2 iyun kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida boʻlib oʻtadigan 3-mintaqaviy bosqichga yoʻllanma oldi.

  Talabalarimiz teatr guruhini chin yurakdan tabriklaymiz va tanlovning keyingi bosqichiga omadlar tilaymiz!






SamDTU matbuot xizmati