Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SamDTU “Avitsenna” jamoasi Farmakologiya boʻyicha Xalqaro Olimpiada gʻolibi boʻldi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmakologiya kafedrasi mudiri dos.S.J.Yuldashev boshchiligida tayyorlangan davolash fakultetining 3-kurs talabalaridan iborat “Avitsenna” jamoasi S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston milliy tibbiyot universiteti (Olma-ota, Qozogʻiston Respublikasi) tomonidan oʻtkazilgan talabalar Xalqaro onlayn-olimpiadasida ishtirok etdi.

  Farmakologiya fani boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro talabalar olimpiadasida qatnashgan SamDTU “Avitsenna” jamoasi, 17 ta jamoa ichida faxrli III-oʻrinni egallab, kubok, diplomlar hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

  Gʻolib jamoa va ustozlarini erishilgan yuqori natija bilan tabriklaymiz va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

SamDTU matbuot xizmati