Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Maktab bitiruvchilari tantanali ravishda tabriklandi

  25-may kuni har yili barcha umumtaʼlim maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq yangraydigan, bitiruvchilar uchun hayajonli boʻlgan kun. Shu munosabat bilan respublika miqyosida maktablarda bitiruvchilarni kuzatish tadbirlari tashkil qilinmoqda.

  Shu kuni munosabati bilan, Samarqand shahar 35-umumtaʼlim maktabida ham bitiruvchilar uchun soʻnggi qoʻngʻiroq tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram tadbirida Samarqand davlat tibbiyot universitetini maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Eldor Tangirov boshchiligida bir guruh universitet xodimlari ishtirok etdilar. Universitet vakillari maktab bitiruvchilariga OʻZbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini, SamDTU rektorining iliq soʻzlarini oʻqib eshittirdilar. Mazkur maktabni aʼlo baholarga oltin medal bilan tamomlayotgan 7 nafar oʻquvchiga esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. Universitet vakillari barcha bitiruvchilarga keyingi oʻqishlariga omadlar va yangi zafarlar tiladilar.



SamDTU matbuot xizmati