Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi yoʻnalishlari bitiruvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti bitiruvchi kurs talablari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda fakultetning tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi yoʻnalishlari bitiruvchilari, fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari hamda tyuterlar ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda bitiruvchi kurs talabalarining Yakuniy Davlat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari, kelajakda bajarilishi lozim boʻlgan ishlar haqida gaplashib olindi. Fakultet dekani PhD Feruz Daminov tomonidan talabalarning qaysi mutaxassisliklar boʻyicha magistratura bosqichiga topshirishlari toʻgʻrisida soʻz yuritilib, ularga kerakli maslahatlar va koʻrsatmalar berildi hamda talabalarni fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.



SamDTU matbuot xizmati