Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Akademik litseyda “Tibbiy fanlarning dolzarb masalalari” I-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilindi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida “Tibbiy fanlarning dolzarb masalalari” I-Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada respublikani viloyatlaridan, Samarqand shahrida joylashgan akademik litseylar vakillari o‘zlarini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan onlayn hamda offlayn tarzda ishtirok etdilar.

  Konferensiyada Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektor maslahatchisi G.I.Xudayberdieva, N.O.Sodiqov, G.U.Samiyeva, Sh.M.Muxitdinov, M.R.Malkov, Samarqand shahri akadimek litseyi direktorlari, TDPI akademik litseyi kimyo kafedrasi mudiri PhD L.T.Zaylobov, litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tantanali ochilishidan so‘ng, konferensiya ishi 3 ta sho‘baga olib borildi. anjumanda yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va iste’dodli talaba-o‘quvchilarning ma'ruzalari eshitildi, o‘zaro ilmiy muzokaralar olib borildi.

  Qiziqarli ma'ruzalar mualliflari konferensiyani diplom va sertifikatlari tantanali ravishda taqdirlandilar.




SamDTU matbuot xizmati