Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Olimalarning innovatsion gʻoyalariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi

  18-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida viloyat hokimligini oila va xotin-kizlar boshqarmasi hamda “Olima” uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida xotin-qizlarning “INNOWOMEN WEEK” haftaligi doirasida “Innovatsion gʻoyalar va loyihalarni tibbiyotdagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida olima ayollarni ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

  Konferensiyani universitet rektori Jasur Rizayev kirish soʻzi bilan ochib berib, davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, oliygohda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.

  Konferensiya ishida viloyat hokimi oʻrinbosari — “Oila va xotin-qizlar boshqarmasi” boshligʻi Zebiniso Poʻlatova, boshqarma huquqshunosi Fotima Botirova, “Olima” viloyat uyushmasi raisi oʻrinbosari Jamila Badriddinovalar ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati hamda xotin-qizlarni ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ularga yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida fikr bildirdilar.

  Universitet olimalari tomonidan innovatsion gʻoyalar va loyihalarning tibbiyotdagi ahamiyati toʻgʻrisida qiziqarli taqdimotlar taqdim qilindi, fikr va mulohazalar bildirildi.

  Konferensiya yakunida universitetimizning bir qator olimalari va xotin-qizlar kengashi faollari viloyat hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.




SamDTU matbuot xizmati