Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Qoʻshrabot tumani maktabida uchrashuv oʻtkazildi

  2022-yil 14-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakultetiga qarashli biokimyo kafedrasi professor-oʻqituvchilari Qoʻshrabod tumani “Kuvkalla” mahallasi hududida joylashgan 70-son maktabda tuman taʼlim boshqarmasi bilan tadbir oʻtkazdilar. Tadbirda tuman hokimi X.K.Okbutayev, mahalla yoshlar yetakchilari, nuroniylar jamiyati, maʼnaviyat va maʼrifat markazi, mahalla raislari, maktablarga biriktirilgan targʻibotchilari va harbiy taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

  Tadbirda shoir, Respublika yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sobir Unar kitobini taqdimoti boʻlib oʻtdi. Universitetimiz xodimlari maktab oʻquvchilari bilan ham uchrashib, ularga mahorat darslarini oʻtib berdilar hamda universitet maʼmuriyati va kafedra tomonidan maktabning biologiya va kimyo oʻquv xonalariga oʻquv anjomlari, mulyajlar, reaktivlar va laboratoriya idishlarini sovgʻa qildilar.

  Amalga oshirilgan tashrif uchun tuman hokimligi maʼmuriyati va maktab rahbariyati universitetga alohida minnatdorchiliklar bildirdilar.


SamDTU matbuot xizmati