Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

“Milliy libos - millat qiyofasi” shiori ostida maʼnaviy-madaniy tadbir oʻtkazildi

  Bugun 30-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi oʻquv binosini hovlisida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Milliy libos — millat qiyofasi” shiori ostida maʼnaviy-madaniy uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda fakultetlar xotin-qizlar maslahat kengashini faollari, boʻlimlar xodimlari va kafedralar professor-oʻqituvchilari, fakultetlar dekanatlari xodimlari tyutorlar hamda talaba-qizlar faol ishtirok etdilar.

  Tadbirni tantanali ochilishida universitet rektori Jasur Rizayev barcha ishtirokchilarni kirib kelayotgan muqaddas Ramazon Hayit bayrami bilan tabriklab, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va milliy liboslarimizga mehr uygʻotish, ommalashtirish va kiyinish madaniyatini yuksaltirish har bir ziyolini vazifasi ekanligini taʼkidladilar. Boshqa chiqish qilganlar ham milliy liboslar millat yuzi, inson korki va milliy iftixor ifodasi ekanligini aytib oʻtdilar.

  Talabalar tomonidan milliy liboslar namoyishi ham oʻtkazildi. Yangragan kuy-qoʻshiq va raqslar esa barcha ishtirokchilarga bayram kayfiyatini olib keldi.





SamDTU matbuot xizmati