Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Mehrli qoʻllar” aksiyasi davom etmoqda

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi faollari, tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi va stomatologiya fakultetlari dekan maslahatchilari, “Qizlarjon” klubining aʼzolari tomonidan “Mehrli qoʻllar” aksiyasini navbatdagi tadbiri Samarqand viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi bolalar boʻlimida oʻtkazildi.

  Aksiya doirasida bolalar boʻlimida uzoq muddat davolanib kelayotgan bolajonlar holidan xabar olindi. Talaba-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan dastur boʻyicha bolajonlar oʻrtasida tez aytishlar, topishmoqlar uyushtirildi, sheʼrlar oʻqilib, sovgʻalar ulashilib, mehr va saxovat oyida bolajonlar qalbiga quvonch baxsh etildi.



SamDTU matbuot xizmati