Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Akademik litsey bitiruvchilari oʻrtasida Olimpiada oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Akademik litsey oʻquvchilarini xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga koʻmaklashish maqsadida Akademik litsey va “HAYOT YOʻLI EDUCATION” MChJ bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib tegishli memorandum imzolandi.

  Shu munosabat bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetini “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida “HAYOT YOʻLI EDUCATION” MChJ hamkorligida “Top-1000”-talikka Rossiya davlatining kirgan oliy oʻquv yurtlariga grant asosida oʻqish istagida boʻlgan litsey bitiruvchi kurs oʻquvchilari oʻrtasida kimyo, biologiya, ingliz tili va matematika fanlaridan olimpiada oʻtkazildi. Olimpiada davomida yuqori oʻrinlarni olgan oʻquvchilarga ushbu oliy taʼlim muassasalariga imtihonsiz grant asosida oʻqishga kirish imkoniyati berilishi va oldindan sertifikatlar taqdim qilinishi alohida taʼkidlandi.


SamDTU matbuot xizmati