Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Urgut jamoat salomatligi texnikumida uchrashuv

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Ftiziatriya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Urgut jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida o’tkazilgan muloqotda bugungi kunda oʻquvchilarning sog'lom turmush tarzi tushunchani shakillantirish va but ma'lumotlarini keng ommaga etkazib berishni, olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishi yuzasidan bir qancha fikrlar aytib oʻtildi. Oʻquvchilarni kelajakda oʻzlari qiziqqan kasblarni tanlashida va hayotda toʻgʻri yoʻlni topishida bugungi olingan bilimlarning naqadar muhim ekanligi hamda kasb tanlashda adashmaslik zarur ekanligini alohida taʼkidlandi. Universitet vakillari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim jarayonlaridagi yutuqlar bilan ham tanishdilar. Texnikum kutubhonasi fondiga bir nechta o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlar sovg'a qilindi.

  Tashrif davomida texnikum o’qituvchilari va o’quvchilari ishtirokida “Sil haqida nimani bilish kerak” amaliy darsi o’tkazildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

Tashrif natijasida SamDTU va Urgut tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻrtasida imzolangan shartnomaga asoslanib muntazam ravishda uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati