Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Maʼnaviy ishlar boʻyicha masʼullar bilan uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan maʼnaviy va tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirishni muhokama qilish maqsadida fakultetlar va kafedralarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvni SamDTU maʼnaviyat boʻlim boshligʻi N.A.Murodova va bosh murabbiyi A.N.Maxmudovalar olib bordilar.

  Majlisda ishtirokchilar bilan “Ustoz-shogird” tizimini amalda bajarilishi, ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini oʻrganish, kafedralarda har hafta oʻtiladigan axborot soatlarni mazmunli va sifatli oʻtkazish, kafedralarning maʼnaviy maʼrifiy ishlarni olib borish, hujjatlarni rasmiylashtirish, kafedrada tasdiqlovchi fotolavhalar bilan albomlarni tashkillashtirish, kafedralarda maʼnaviyat xonalarni mezonlar asosida tashkil etish, talabalar turar joylarida kafedralar tomonidan sifatli va mazmunli tadbirlarni tashkil qilish hamda u yerda navbatchilik qiladigan xodimlarni oʻz vaqtida xabardor qilish, kafedralarning kutubxonalarni, agar boʻlmasa burchaklarni kitoblar bilan boyitish kabi ishlar keng muhokama qilindi. Universitet rektori J.A.Rizayevning tegishli buyrugʻi asosida qabul qilingan “Samarqand davlat tibbiyot institutining ichki tartib qoidalari” bilan barcha institut xodimlarni tanishtirish va buyruq mazmun-mohiyatini sharhlab berish alohida taʼkidlandi.

  Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib kun tartibidagi barcha masalalar keng muhokama etildi.







SamDTU matbuot xizmati