Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand viloyatidagi jamoat salomatligi texnikumlari bilan hamkorlik yangi bosqichda

  2-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universititeti pediatriya fakulteti dekanati, oftalmologiya kafedrasi xodimlari va Yoshlar Ittifoqining faollari Pastdargʻom tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida texnikum jamoasi va oʻquvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib hamkorlikni istiqbollari, “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qaroridan kelib chiqadigan vazifalar, qilinishi lozim boʻlgan amaliy ishlar muhokama qilindi, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Uchrashuv yakunida SamDTU va Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

  Xuddi shunday uchrashuv Samarqand viloyatini Ishtixon tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2-Davolash ishi fakulteti tomonidan ham o‘tkazildi va hamkorlik memorandumi imzolandi.









SamDTU matbuot xizmati