Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Stomatologiya fakulteti dekani kubogi uchun bahslarga start berildi

  Yoshlarni sport va sogʻlom turmush tarziga jalb qilish oliy taʼlim muassasalari oldidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarga muvofiq universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha prorektori E.S.Tangirov, Stomatologiya fakulteti dekani A.A.Axmedov va dekan oʻrinbosarlari samarali ishlarni yoʻlga qoʻyib kelmoqdalar.

  2022-yil 29-30-mart kunlari Samarqand Davlat tibbiyot universitetining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini rivojlantirish hamda yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida Stomatologiya fakulteti talabalari oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha “Dekan kubogi” bellashuvlari tashkil etilgan boʻlib, unda fakultetning barcha bosqich talabalari oʻz kuchlarini sinab koʻrmoqdalar.


SamDTI Matbuot xizmati