Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​SamDTI talaba qizlari oʻrtasida “Bahor malikalari” tanlovi oʻtkazildi

  Institut xotin-qizlar maslahat kengashi faollari tashabbusi bilan 3-talabalar turar joyida talaba qizlar oʻrtasida “Bahor Malikalari” nomli tanlov boʻlib oʻtdi. Tanlovda qizlar 3 ta shart boʻyicha bellashdilar. Qizlarning sogʻlom turmush tarzi, ovqatlanish madaniyati, bahoriy taomlar, ularning foydali tomonlari va karvon sanʼati boʻyicha bilimlari, mahoratlari institut xotin-qizlar kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva hamda stomatologiya, farmatsiya, tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetlari dekan maslahatchilari tomonidan odilona baholanib borildi.

  Gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, taqdirlandilar. Tanlov qiziqarli, bahslarga boy hamda koʻtarinki kayfiyatda oʻtib, kuy-qoʻshiq va raqslarga ulanib ketdi.



SamDTI Matbuot xizmati