Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot institutining qariyb 1000 nafar o‘qituvchi va shifokorlari beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etdi

  Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Qon topshir hayot in’om et!” xayriya aksiyasi tizimning hududiy muassasalarida ham qizg‘in davom etmoqda.

  Xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi 1000 nafar professor-o‘qituvchi va shifokorlari, magistratura hamda klinik ordinatura talabalaridan iborat ko‘ngillilar guruhi viloyat qon quyish markazida beg‘araz donor sifatida qon topshirdi.
  Samarqand davlat tibbiyot instituti tarkibida ikkita klinika faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda ularda qator murakkab jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, tug‘uruq amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Bu jarayonlarda esa, tabiiyki, qon zaxiralariga ehtiyoj katta.
  Viloyatda donorlik qoniga ehtiyoji bo‘lgan ko‘plab bemorlar borki, ushbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham mushkuli oson bo‘lib, sog‘lom hayotga qaytishiga umid uyg‘onadi.
  Bu kabi savobli amallarning mamlakatimiz bo‘ylab keng yoyilishida har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
  “Qon topshir hayot in’om et!” xayriya aksiyasi davom etmoqda.


SamDTI Axborot
xizmati