Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Sirdaryoda hokim va “Bo’lajak tibbiyot xodimlari” uchrashuvi bo’lib o’tdi

  Tibbiyot -zamon va makondan qat’iy nazar barcha vaqtlarda va manzillarda eng muhim yo’nalishlardan biridir. 2022-yil 12-mart kuni Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasidagi o’tkazilgan “Hokim va bo’lajak tibbiyot xodimlari” uchrashuvining o’tkazilishi ushbu sohaning naqadar muhim ekanligining isbotidir.

  Uchrashuvning asl maqsadi, kadrlarga bo‘lgan talabni qondirish hamda bo’lajak tibbiyot xodimarini o’z hududlarida bandligini ta’minlashdan iborat edi.2022-yil 12-mart Sirdaryo viloyat hokimi, G‘ofurjon Mirzaev tashabbusi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot institutlarida bakalavr, magistratura, klinik ordinatura yo‘nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan Sirdaryolik yoshlar uchun Guliston shahridagi «Yoshlar markazi”da "Hokim va yoshlar" uchrashuv tashkil etildi.

  Yig’ilishda Samarqand davlat tibbiyot institutidan Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i B.A.Yo’ldoshev boshchiligidaSirdaryolik 12 nafar institutning barcha bakalavr, magistr va klinik ordinatura yo’nalishlari bitiruvchilari ishtirok etishdi.

  Sirdaryo viloyat hokimi, Sirdaryoni drayver sohalaridan biri hisoblangan, sog‘liqni saqlash tizimi, uning ertangi istiqboli, chekka qishloq aholisi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, viloyatni tibbiyot kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, eng chekka hududlarda ishlash istagida bo‘lgan, bo‘lg‘usi tibbiyot xodimlar uchun yaratilib beriladigan shart-sharoit va qo‘shimcha imkoniyatlar to‘g‘risida gapirib berdi.

  Bu esa, Toshkent va Samarqand tibbiyot oliygohlaridan tashrif buyurgan, sirdaryolik bo‘lg‘usi shifokorlarda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng, ular Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot muassasalarida, ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchi talabalar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilib, o‘quv yili so‘ngida, ish faoliyatini Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida boshlashga kelishib olishdi.



SamDTI Matbuot xizmati