Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Heart Team assotsiatsiyasi tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi

  10 – mart kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida Heart Team assotsiatsiyasi hamkorligida magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va talabalar uchun “Yurak gemodinamikasi va yurak sikli” mavzusida navbatdagi mahorat darslari oʻtkazildi.

  Maʼruzada interfaol usullar hamda tarqatma materiallardan foydalanildi. Dastlab yurakda normal qon aylanishi, uning koʻrsatkichlari, normal EKG va ExoKG haqida toʻliq maʼlumot berildi. Yurakning ogʻir kasalliklarida kuzatiladigan oʻzgarishlari oʻrganilib chiqildi va bilimlarni mustahkamlash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi.

  Amaliyot qismida esa maʼruzachilar tomonidan yurak kasalliklarida ExoKGda boʻladigan oʻzgarishlar toʻliq koʻrsatilib berildi. Mahorat darslari savol-javoblar va bahs-munozalar tarzida kechdi.

  Mashgʻulotlardan soʻng barcha ishtirokchilar mahorat darslari uchun maʼruzachilar hamda Heart Team assotsiatsiyasiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.



SamDTI Matbuot xizmati