Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot institutida Sumalak sayli oʻtkazildi

  Navroʻz bayrami arafasida SamDTIda ham bayram tadbirlari uyushtirilmoqda. Jumladan bugun SamDTI 3-son TTJda Sumalak sayli tashki etildi. Navroʻz bayramiga bagʻishlangan saylda professor-oʻqituvchilar, barcha fakultetlar dekanlari, tyutorlar, talabalar hamda butun institut jamoasi ishtirok etdi.

  Sumalak saylini institut rektori J.A.Rizayev oʻz soʻzlari bilan ochib berdi hamda sayilda yigʻilganlarni yangilanish, yosharish bayrami — Navroʻz bilan qutladi. Barchaga ishlari, oʻqishlarida omad va zafarlar tiladi.

  Talabalar tomonidan tayyorlangan raqs, kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari hamda turli oʻyinlar bayram sayliga yanada zavq bagʻishlab, sumalak saylini koʻtarinki kayfiyatda oʻtishini taʼminladi.

  Shuningdek, bayram munosabati bilan talabalar yotoqxonasida osh damlab, tarqatildi.

  Bundan tashqari tadbirlar doirasida talabalar oʻrtasida “Zakovat” oʻyinlari, shaxmat boʻyicha bellashuvlar hamda futbol musobaqalari tashkil etildi.

  Kirib kelayotgan Navroʻz bayrami Samarqand davlat tibbiyot institutida yuqori saviyada nishonlandi.




SamDTI Matbuot xizmati