Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Talabalar oʻrtasida “Zakovat” oʻyinlari boʻlib oʻtdi

  SamDTI 1-son Davolash fakulteti “ Yoshlar bilan ishlash boyicha” dekan oʻrinbosari D.Sh.Fayzullayev va fakultet Tyutorlari E.Ruziev, Sh.Abdiyeva, G.Beknazarov, M.Atomurodova, Sh.Xolmurodov va K.Norqulovalar ishtirokida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “ZAKOVAT” intellektual oʻyinlari tashkil etildi. 1-sonli TTJ da oʻyinlarning 1-turiga start berildi. Tadbir davomida talabalarning kayfiyatini koʻtaruvchi jonli musiqiy tanaffuslar va qiziqarli savollar namoyish etildi.

  “Zakovat” intellektual oʻyinida ishtirok etgan jamoalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Oʻyinlarning keyingi turi 10 kundan soʻng oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Kelgusi oʻyinlarda barcha talabalarimizni faollikka chorlab qolamiz.



SamDTI Matbuot xizmati